Sport | 15:12 / 16.01.2020
14851
1 daqiqa o‘qiladi
Oston Urunov Rossiya Premer-ligasi klubi safiga qo‘shildi
Rossiya Premer-ligasidagi legionerlarimiz soni yana bir nafarga ko‘payishi mumkin.
Gap shundaki, O‘zbekiston olimpiya va milliy jamoasiga nomzod futbolchi Oston Urunov ayni damda Rossiyaning «Ufa» klubi safiga borib qo‘shilgan. «Ufa» klubi matbuot xizmatining «tvitter»dagi rasmiy sahifasidagi fotoreportajida o‘zbekistonlik futbolchi Oston Urunov ham qayd etilgan. 19 yoshli yarimhimoyachi ufaliklar bilan birga jamoaning Kiprdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.
Ma'lumot uchun, Oston Urunov 2019 yilgi mavsumda «Navbahor» va «Lokomotiv» klublari safida o‘tkazib, Superligada 25 o‘yinda 3ta golga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid
16:01 / 10.04.2024
Liliya Chanishevaning jazo muddati 9,5 yilgacha oshirildi
12:10 / 05.03.2024
Rossiyada Liliya Chanishevaning jazo muddatini 10 yilgacha oshirish talab qilindi
13:11 / 24.02.2023
Samarqanddan Ufaga parvoz qilgan samolyot uchish aeroportiga qaytib keldi
19:36 / 06.12.2020