Jamiyat | 11:14 / 18.01.2020
22675
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda fuqaro poliklinika binosining 2-qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi. IIV rasmiy ma'lumot berdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

16 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida psixiatr qabuliga kelgan, yoshi taxminan 40-45larda bo‘lgan fuqaro poliklinika binosining ikkinchi qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lganligi haqidagi videolar tarqaldi.

IIV axborot xizmati xabarida aytilishicha, shu kuni soat taxminan 08:30larda Amudaryo tumani «Qilichboy» ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro profilaktika inspektori leytenant A.Yo‘ldoshevga telefon orqali murojaat qilib, o‘z akasi Q.E.ning ruhiy kasalligi qo‘zg‘igani sababli o‘ziga pichoq urmoqchi bo‘layotganini ma'lum qilgan.

Profilaktika inspektori A.Yo‘ldoshev chaqirilgan manzilga yetib borganida, haqiqatdan ham fuqaro Q.E. o‘z uyida oshxona pichog‘ini o‘ziga urmoqchiligini aytib, baqir-chaqir qilayotganiga guvoh bo‘lgan va fuqaroni tinchlantirib, uni qo‘lidagi pichoqni olib qo‘ygan hamda tegishli hujjatlar rasmiylashtirish uchun uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib borgan.

Tuman markaziy shifoxonasining ikkinchi qavatida ushlab turilgan vaqtida fuqaro Q.E. qochish niyatida ikkinchi qavat derazasini oshib o‘tib pastga sakramoqchi bo‘lgan vaqtida profilaktika inspektorlari A.Yo‘ldoshev va M.Dusenbayev uni ushlab qolgan.

Fuqaro Q.E. shu kunning o‘zida kuni Nukus shahridagi ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Mavzuga oid