Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada yong‘inlar kuli va yomg‘irlar sababli yuz minglab baliq nobud bo‘ldi
Avstraliyaning o‘rmon yong‘inlaridan aziyat chekayotgan Yangi Janubiy Uels shtatida uzoq kutilgan yomg‘irlar yuz minglab baliqlarning nobud bo‘lishiga olib keldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, yomg‘ir yong‘inlardan qolgan kulni Makley daryosiga yuvib tushirishi baliqlarning nobud bo‘lishiga olib kelgan.
Ekologlarning aytishicha, baliqlarning bunday ko‘p miqdorda nobud bo‘lishi oqibati bir necha o‘n yillar davomida sezilishi mumkin.
Kulning suvga tushishi bakteriyalar ko‘payishiga olib kelgan. Ular esa suvdan kislorodni chiqarishi natijasida baliqlar kislorod yetishmasligidan nobud bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, bunday holatni Avstraliya sharqiy sohilidagi barcha daryolarda kuzatish mumkin.
Avstraliyada oktyabrdan beri davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari bir milliarddan ko‘proq jonzotning nobud bo‘lishiga, millionlab gektar o‘rmonning yonib kul bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. 16 yanvarda “yashil qit'ada” qurg‘oqchil ob-havodan keyin kuchli yomg‘irlar boshlanib, yong‘inlarni o‘chirishda yordam bergan.
Mavzuga oid
17:13 / 13.05.2025
Zarafshon daryosidan elektr toki yordamida baliq ovlagan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025