Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda plastik paketlar va naychalardan foydalanish taqiqlanadi
Xitoy hukumati bir marta foydalaniladigan plastikni taqiqlash bo‘yicha rejasini taqdim etdi, deb yozmoqda "Bi-bi-si".
Xabar qilinishicha, 2020 yil oxiriga kelib mamlakatdagi yirik shaharlarda, 2022 yilda esa barcha shahar va aholi maskanlarida plastik paketlardan foydalanish taqiqlanadi. 2025 yilda ushbu taqiq butun mamlakat hududida kuchga kiradi.
Xitoydagi jamoat ovqatlanish muassasalarida 2020 yil oxirigacha bir marta foydalaniladigan naychalar qolmaydi. Bundan tashqari, barcha restoranlar bir martalik plastik buyumlardan foydalanishni 30 foizga kamaytirishi lozim.
Mehmonxonalar 2025 yilga kelib mehmonlarga bir martalik plastik buyumlar taqdim etishni to‘xtatadi.
"Bi-bi-si"ning eslatishicha, Xitoy dunyodagi eng yirik plastik iste'molchilaridan biri hisoblanadi. Xitoydagi eng katta chiqindixona maydoni 100ta futbol maydoniga teng bo‘lib, u mo‘ljallanganidan 25 yil avval to‘lib bo‘ldi.
Tadqiqotchilarning ma'lumotiga ko‘ra, Xitoyda 2010 yilda 60 mln tonna plastik chiqindi chiqarilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025