Jahon | 14:34 / 22.01.2020
8790
1 daqiqa o‘qiladi
Karlos Gon Nissan 2-3 yil ichida bankrot bo‘lishini aytdi
Nissan kompaniyasi sobiq rahbari Karlos Gon kompaniya ikki-uch yil ichida bankrot bo‘lishini taxmin qilmoqda, dedi Gonning advokatlaridan biri Nobuo Goxara.
Goxaraning aytishicha, u Gon Yaponiyadan qochib ketishidan ikki oy oldin besh marta uchrashgan, ular Gonning hibsga olinishi va buning oqibatlarini muhokama qilishgan.
"Gon Nissan yaqin ikki-uch yil ichida bankrot bo‘lishini aytgan", - dedi Goxara.
Goxara Gon to‘g‘risida kitob chiqarish uchun ma'lumot to‘plagan. Ularning oxirgi uchrashuvi Nissan sobiq rahbarining qochib ketishidan ikki-uch kun avval bo‘lgan.
Tokioda uy qamog‘ida bo‘lgan Gon dekabr oxirida Yaponiyadan Livanga qochib ketgandi.
Mavzuga oid
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:03 / 08.11.2024
Nissan savdolar tushib ketgani tufayli minglab xodimlarini ishdan bo‘shatadi
21:25 / 18.03.2024
Nissan nega O‘zbekistonga kirmagan? Kompaniyaning o‘zbek menejyeri bilan suhbat
17:41 / 24.05.2023