Mixael Shumaxerning o‘g‘irlangan suratlari bir million funt sterlingga sotilishi mumkin
Noma'lum kimsalar “Formula-1” avtopoygasining yetti karra chempioni Mixael Shumaxerning eng oxirgi suratlarini o‘g‘irlab, uni bir million funt sterlingga (1,3 mln dollar) sotishmoqchi.
Gap sobiq poygachining Jyenevadagi uyida olingan suratlar haqida bormoqda. “Shumi” ularda yotiqliq holda tasvirlangan. Ushbu suratlar sizib chiqsa, sportchining oxirgi 6 yilda internetda e'lon qilingan ilk suratlari bo‘ladi.
Shumaxerning yaqinlari u 2013 yilda Alp tog‘larida chang‘i uchish vaqtida boshidan og‘ir jarohat olgandan keyin uning suratlarini e'lon qilmay qo‘yishgan.
2019 yil yanvaridagina OAVda poygachi nafaqat tuzalayotgani, balki uyida deyarli mustaqil harakatlana boshlagani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgan.
Mirror nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Shumaxerning rafiqasi Korinna turmush o‘rtog‘ining suratlari sotilmoqchiligi yuzasidan politsiyaga murojaat qilgan.
Ta'kidlash joiz, Shumaxerning suratlari ham oldinroq million yevroga sotilmoqchi bo‘lgan, biroq nemis politsiyasi o‘z vaqtida buning oldini olgan.
Mavzuga oid
15:21 / 14.11.2024
Mixael Shumaxerning so‘nggi Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi
22:32 / 25.06.2024
Germaniyada Shumaxer oilasini shantaj qilgan shaxslar qo‘lga olindi
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
23:50 / 22.04.2023