Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Davlat dumasi Putinning konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi loyihasini ma'qulladi
Rossiya Davlat dumasi konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi prezident qonuni loyihasini birinchi o‘qishda ma'qulladi. Bu haqda 23 yanvar, payshanba kuni RIA Novosti xabar berdi.
Rossiya parlamentining quyi palatasi spikeri Vyacheslav Volodin so‘zlariga ko‘ra, hujjat 11 fevral kuni ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilishi mumkin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 20 yanvar kuni parlamentariylarga qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun taqdim etdi. Davlat rahbari asosiy qonunning 22 moddasiga o‘zgartirish kiritishni taklif qilmoqda, birinchi va ikkinchi boblarning qoidalari o‘zgarishsiz qoladi.
Rossiya prezidenti 15 yanvar kuni Federal yig‘inga yo‘llagan murojaatida konstitutsiyaviy o‘zgarishlar haqida e'lon qildi. U amaldagi konstitutsiyani almashtirish masalasi yo‘qligini ta'kidladi. Bundan tashqari, barcha tashabbuslar umumxalq ovoz berishga qo‘yiladi. Xususan, ehtimoliy o‘zgarishlar orasida - Davlat dumasining vakolatlarini kengaytirish, Rossiya qonunchiligining xalqaro huquqdan ustunligi. Shuningdek, Putin prezidentlikka nomzodlarga boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lishni taqiqlab qo‘yishni taklif qildi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025