2019 yilda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatida ishga tushgan yirik korxonalar o‘ntaligi
Bugungi kunda O‘zbekistonda 11 ming 800 dan ortiq meva-sabzavot, go‘sht-sutni qayta ishlovchi, qandolat, alkogolsiz ichimliklar, yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va boshqa turdagi oziq-ovqat sanoatiga ixtisoslashgan korxonalar faoliyat olib bormoqda. O‘tgan yilda mamlakatimizda investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hisobiga milliy oziq-ovqat sanoati yangi ishlab chiqarish sub'yektlari bilan yanada boyidi. «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi 2019 yilda oziq-ovqat sohasi bo‘yicha ishga tushgan yirik korxonalar o‘ntaligini aniqladi:
1. «Namangan Agro Logistic» Logistika markazi
116 milliard so‘mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan logistika markazi meva-sabzavotni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 20 ming tonnaga teng. 75 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona Namangan viloyati Pop tumanida faoliyat ko‘rsatmoqda.
2. «Melek Best Milk Agro» mas'uliyati cheklangan jamiyati
26,9 milliard so‘mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan korxona sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 20 ming tonnaga teng. 26 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona Toshkent viloyatining Zangiota tumanida faoliyat ko‘rsatmoqda.
3. «BIO AGRO» mas'uliyati cheklangan jamiyati
273,9 milliard so‘mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan korxona organik mahsulotlarni yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 15 ming tonnaga teng. 80 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida faoliyat ko‘rsatmoqda.
4. «Top Oil» mas'uliyati cheklangan jamiyati
107,3 milliard so‘mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan korxona aholi iste'moli uchun yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 11 ming tonnaga teng. 100 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona Toshkent viloyatining Angren shahrida faoliyat ko‘rsatmoqda.
5. «Parmis Muller» mas'uliyati cheklangan jamiyati
33,4 milliard so‘mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan korxona meva-sabzavotlarni yetishtirish, quritish va qadoqlashga ixtisoslashgan. Zamonaviy issiqxonaga ega. Yillik quvvati 11 ming tonnaga teng. 100 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona Buxoro viloyatining Jondor tumanida faoliyat ko‘rsatmoqda.
6. «Ashraf Ramazon» qo‘shma korxonasi
19,6 milliard so‘mlik investitsiya loyiha asosida ishga tushirilgan korxona makaron va non mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 8 ming tonnaga teng. 40 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona Toshkent viloyati Chinoz tumanida faoliyat ko‘rsatmoqda.
7. «Yangi Asr» fermer xo‘jaligi
10,3 milliard so‘mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan korxona sutni pasterizatsiya qilib, qadoqlarda ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 6 ming tonnaga teng. 15 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida faoliyat ko‘rsatmoqda
8. «Panel Sav» qo‘shma korxonasi
16,9 milliard so‘mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan korxona logistika markazlari va sovutilgan omborlar uchun sendvich panellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 6 ming kv.mga teng. 10 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona Samarqand viloyati Urgut tumanida faoliyat ko‘rsatmoqda.
9. «Baxt Imkon Rivoj» fermer xo‘jaligi
10,2 milliard so‘mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan korxona sutni qayta ishlab, pishloq, brinza ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 6 ming tonnaga teng. 12 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida faoliyat ko‘rsatmoqda.
10. «Agro Soy Plast» mas'uliyati cheklangan jamiyati
38,6 milliard so‘mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan korxona meva-sabzavotni saqlashga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 5 ming tonnaga teng. 7 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona Samarqand viloyati Samarqand tumanida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Eslatma, ushbu ro‘yxat korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari asosida shakllantirilgan.
Ma'lumot o‘rnida, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil hududlarga tashriflari doirasida Davlat investitsiya dasturiga qo‘shimcha ravishda oziq-ovqat sanoati yo‘nalishida «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tomonidan taqdimoti qilingan umumiy qiymati 17,6 trillion so‘mlik jami quvvati 4,8 million tonna bo‘lgan 1 ming 207 ta yangi loyiha ustida amaliy ishlar olib borilgan. Natijada 2019 yilda jami quvvati 681,2 ming tonna bo‘lgan 490 ta investitsiya loyihasi ishga tushirilgan.
Shuningdek, 2019 yilda Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan 16 ta va qo‘shimcha 139 ta loyiha ustida amaliy ishlar olib borilib, jami 203,5 million dollar, jumladan 124 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilib, belgilangan reja ortig‘i bilan bajarilgan.
«O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi Axborot xizmati