Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilda 700dan ortiq olim va professor-o‘qituvchi chet elga yuboriladi
2020 yilda «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan 700dan ortiq olim va professor-o‘qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi.
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida ma'lum qildi.
«Kelgusida grantlar miqdorini 2 barobar ko‘paytirish va tadqiqot yo‘nalishlari ko‘lamini kengaytirish lozim», – dedi davlat rahbari.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtiriladi.
«Har bir oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi shart», – deya ta'kidladi Mirziyoyev.
Murojaatnomada, shunindek, ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozimligi qayd etildi.
Mavzuga oid
23:51 / 19.05.2025
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
23:35 / 07.05.2025
Olimlar ekstremal jaziramalarning asosiy aybdorlarini aniqladi
23:23 / 28.04.2025
Olimlar Yerni samolyotlar yordamida sovitish usulini topdi
22:00 / 27.04.2025