Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik olimlar yangi koronavirusga qarshi 30 yil avval ishlab chiqilgan dori vositasini taklif qilishdi
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi turdagi koronavirus epidemiyasi sababli halok bo‘lganlar soni 26 nafarga yetdi, kasallanganlar esa 900 kishiga yaqinlashib qoldi.
Mutaxassislar kasallanganlar soni jadal oshishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda, chunki virus odamdan odamga oson o‘tishi aniqlandi.
Bu orada “Rossiyskaya gazeta” nashrining xabar berishicha, yekaterinburglik olimlar yangi virusni 30 yil avval ishlab chiqilgan RNK-viruslarga qarshi dori vositasi bilan yengish mumkinligini aytishmoqda. Ushbu vosita 2016 yilda Rio Olimpiadasida Zika virusiga va Krasnoyarskda jo‘lak ensefalitiga qarshi muvaffaqiyatli qo‘llangan.
“Ushbu vosita tarkibiga yangi koronavirus ham kiruvchi RNK-viruslar guruhiga qarshi kurashadi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, u laboratoriya sinovlari davomida olingan original molekulaga ega”, deb aytgan dori vositasini ishlab chiqishda ishtirok etgan, Ural Federal universiteti Kimyo-texnologiya instituti direktori Vladimir Rusinov.
Uning aytishicha, eng asosiysi – kasallik alomatlarini vaqtida aniqlashdir. Yangi virus bilan kasallanishning oqibatlaridan biri zotiljam bo‘lib, u oddiy shamollashga qaraganda jadalroq kechadi va o‘z vaqtida davolanmasa o‘limga olib keladi.
Biroq yuqoridagi dori vositasi grippga o‘xshash alomatlarga ega “Xitoy virusi”ga qarshi hali qo‘llab ko‘rilmagan. Buning uchun klinik sinovlar o‘tkazilishi va mutasaddi idoralarning ruxsati kerak.
Ta'kidlanishicha, tadqiqotchilar ushbu dori vositasining ta'sirini boshqa vositalarniki bilan solishtirib ko‘rishgan va u gripp hamda jo‘lak ensefalitini ancha tezroq yengishini qayd qilishgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025