Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 26 nafarga yetdi. Uxanda maxsus shifoxona qurilishi boshlandi
Xitoyda yangi tipdagi 2019-nCoV koronavirusi tarqalishi o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahrida virusdan kasallanganlarni joylashtirish uchun yangi shifoxona qurilishi boshlandi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.
24 yanvar ertalabdan shifoxona quriladigan maydonchada o‘nlab ekskavatorlar ishni boshlab yuborgan. Shifoxonani 2 fevralgacha qurib bitkazish rejalashtirilgan. U yerda ming nafargacha bemor joylashtirilishi mumkin.
Shifoxonani 2003 yil aprelda SARS (atipik zotiljam) epidemiyasi vaqtida 7 kun ichida qurilgan Pekindagi “Syaotanshan” shifoxonasi modeli bo‘yicha qurishmoqchi. O‘shanda shifoxona o‘z ichiga ming nafargacha bemorni sig‘dira olgan, unda 2 oy davomida Xitoyning turli yerlaridan bemorlar davolangan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi koronavirusdan kasallanganlar soni 830 nafardan oshib ketdi, uning qurbonlari soni 26 nafarga yetdi. Qurbonlardan 24 nafari Uxan joylashgan Xubey provinsiyasida, yana 2 nafari uning tashqarisidagi hududlarda vafot etgan.
Virus, shuningdek, Xitoy tashqarisiga chiqib, u bilan kasallanish holatlari Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSh, Vetnam, Singapur va Tailandda qayd qilingan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021