Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik shifokorlar yangi koronavirusning dastlabki alomatlarini ma'lum qilishdi
Xitoyda tarqalgan yangi koronavirusning birlamchi alomatlari shamollashdagi kabi bo‘ladi. Bu asosan tana harorati ko‘tarilishi va yo‘tal hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu kasallik dastlabki bosqichda boshqacha ko‘rinishda ham namoyon bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi NHK telekanali.
Yaponiyalik jurnalistlarning ma'lumotlariga ko‘ra, virus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahrida u bilan chaqiriluvchi zotiljamdan kasallanganlar ko‘p sonda kuzatilmoqda. Biroq shifoxonalarga murojaat qilganlarning ko‘pchiligi isitma va yo‘taldan shikoyat qilishmagan.
Misol uchun, yangi turdagi zotiljamdan kasallanganlardan birida 3 kun davomida ichburug‘ kuzatilgan va u shu muammo bilan shifoxonaga kelgan. Unda koronavirus borligi kompyuter tomografiyasi va qo‘shimcha tahlillar natijalari olingandan keyingina aniqlangan. Shifokor bemor boshqa kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lganini bilgach uni sinchkovroq o‘rganishga qaror qilgan.
Shifokorlar koronavirusning birlamchi alomatlari orasida nafaqat isitma va yo‘tal, balki ovqat hazm qilish va asab tizimidagi turli buzilishlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. Jumladan, gap oshqozon faoliyati buzilishi, ko‘ngil aynish, bosh og‘rig‘i va umumiy holsizlik haqida bormoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025