Video: Toshkentda «hokim topshirig‘i bilan» qoida buzgan Crafers haydovchisi ishdan haydaldi
Shu kunlarda «Toshkent» telekanalida «Poytaxt yo‘llarida» ko‘rsatuvi namoyish etildi.
Ko‘rsatuvning 2019 yil dekabr oyidagi sonini tasvirga olish jarayonida jurnalist va operator Toshkentdagi Qoratosh va Samarqand darvoza ko‘chalari kesishmasidagi mashinalar harakatiga xalaqit qilib, transportini yo‘l yoqasida to‘xtatgan Malibu haydovchisini payqashgan.
Crafers reklamasi yopishtirilgan avtomobil haydovchisi, shu kompaniya xodimi bo‘lgan Abror Sh. OAV vakillaridan kim va nima uchun tasvirga olayotganini so‘ragan. Qo‘pol munosabatda bo‘lgan, shuningdek, yolg‘on ma'lumot bergan.
«Bu — reklama. Archaga yaqinroq turishi kerak. Shahar hokimi Jahongir aka Ortiqxo‘jayev buyrug‘i bilan kelganman», deya jurnalistga o‘shqirgan haydovchi.
Birozdan so‘ng u mashinaga o‘tirib, voqea joyidan ketib qolgan.
Crafers kompaniyasi matbuot xizmati ushbu hodisa yuzasidan izoh berib, haydovchi ishdan bo‘shatilganini ma'lum qildi.
«O‘zbekistonda qonunlar ustuvor va ularga barcha fuqarolar amal qilishi lozim. Shu o‘rinda, yuzaga kelgan tushunmovchilik va noqulayliklar uchun korxonamiz nomidan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:36 / 02.03.2024
«Pulni o‘zi sizni quvsin». Jahongir Ortiqxo‘jayev Superliga startidan oldin «Paxtakor» jamoasi bilan uchrashdi
17:29 / 08.02.2024
Minerva City’ni qurishga ajratilgan yer shahar hokimligi balansiga qaytarildi - Yangihayot tumani hokimi
16:22 / 06.02.2024
Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Biz importga har qanday cheklov qo‘yishga qarshimiz, u bizga zarar”
21:35 / 05.02.2024