Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arab davlatlari ligasi kengashi «asr kelishuvi» bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi
Arab davlatlari ligasi (ADL) kengashi «asr kelishuvi»ni muhokama qilish uchun shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda ADL bosh kotibi yordamchisi Xussom Zakiy ma'lum qildi.
Avvalroq Falastinning Qohiradagi elchisi Diya Alloh AQSh ma'muriyati ilgari surayotgan "asr kelishuvi"ga qarshilik qilish uchun ADLning shoshilinch yig‘ilishi o‘tkazilishini talab qilgandi.
"ADL kengashi "Yaqin Sharq asr kelishuvi"ga qarshilik qilish uchun shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi", - dedi zakiy.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Falastin-Isroil munosabatlarini tartibga soluvchi "asr kelishuvi"ni seshanba kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvi arafasida taqdim etishini bildirgandi.
"Asr kelishuvi" – Falastin-Isroil mojarosini hal qilish bo‘yicha AQSh ma'muriyati tomonidan ishlab chiqilgan reja. Ushbu hujjatning e'lon qilinishi bir necha marta ortga surilgandi.
Vashington mazkur rejani ishlab chiqishni uch yil avval boshlagandi. Amerika OAVning ma'lum qilishicha, reja iqtisodiyot va investitsiyalarga qaratilgan.
Mavzuga oid
23:20 / 25.05.2025
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
17:55 / 21.05.2025
G‘arbning asosiy davlatlari Falastinni tan olmoqchi. Bu nimani o‘zgartiradi?
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
22:36 / 17.05.2025