Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusga chalinganlarni davolashga bir-ikki hafta vaqt ketishi ma'lum qilindi
Foto: REUTERS / Social Media
Yangi turdagi koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun bir haftaga yaqin vaqt talab qilinadi, og‘irroq holatlarda esa ikki hafta kerak bo‘ladi, dedi Xitoy sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ekspert guruhi a'zosi Li Sinvan.
"Hozirda yengil simptomli bemorlar bir hafta ichida tuzalmoqda, jiddiyroq bemorlar tuzalishi uchun ikki haftacha vaqt kerak bo‘ladi", - dedi Li Sinvan.
Qo‘mita bergan oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi turdagi koronavirusga chalinganlar soni 4515 nafarga yetgan, ulardan 106 nafari vafot etgan, 60 kishi tuzalib, shifoxonadan chiqqan.
Xitoydan tashqari, Hongkong, Makao, Tayvan, Tayland, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya, Malayziya va Germaniyada koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025