Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda yangi koronavirusni yuqtirish bo‘yicha dastlabki holat qayd etildi
BAA sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus yuqtirish bo‘yicha dastlabki holat qayd etilganini tasdiqladi. Bu haqda Arab News nashri xabar bermoqda.
Vazirlikning ma'lumot berishicha, kasallikka chalinganlar Uxan shahridan bo‘lgan oilaning vakillaridir. Bemorlarning soni ma'lum qilinmayapti, vazirlikning bildirishicha, ularning holati barqaror.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, bu Yaqin sharqda qayd etilgan dastlabki holatdir.
BAA hukumati sog‘liqni saqlash organlari bilan muvofiqlikda tegishli choralarni amalga oshirayotgani xabar qilingan.
Xitoyda yangi koronavirusdan vafot etganlar soni bir kun ichida yana 26 nafarga ko‘payib, umumiy hisobda 132 nafarga, kasallanganlar soni esa 1459 nafarga ko‘payib, 5974 nafarga yetdi. Boshqa davlatlardagi kasallanganlar hisobga olinsa, butun dunyo bo‘ylab ushbu virusdan kasallanganlar soni 6052 nafarga yetdi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
23:21 / 15.05.2025