Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaga reys yo‘lovchilarning uxanliklar bilan birga uchishga qarshi chiqishi sababli 5 soat ushlanib qoldi
Foto: Vladimir Velengurin
Shanxay-Nagoya (Yaponiya) reysi yo‘lovchilari Xitoyning Uxan shahridan bo‘lgan yo‘lovchilar bilan birga uchishni istashmagani sababli samolyot parvozi 5 soatdan ko‘proqqa ushlanib qoldi.
Bunga esa Uxan shahri yangi turdagi koronavirus tarqalishi o‘chog‘i hisoblanishi sabab bo‘lgan. 70 dan ko‘proq yo‘lovchi virusni yuqtirib olishdan qo‘rqib, uxanliklarning reysga qo‘yilishiga qarshi Shanxay aeroportida to‘polon ko‘targan. Ta'kidlanishicha, ular uxanliklarni talaffuzi bo‘yicha bilib olishgan. China Southern Airlines aviakompaniyasida ma'lum qilinishicha, o‘sha reys yo‘lovchilari orasida haqiqatan ham 16 nafar uxanlik bo‘lgan.
Samolyot Xitoydan Yaponiyaga 27 yanvar soat 9.25da uchib ketishi kerak bo‘lgan. Ammo yo‘lovchilar uxanliklarga dushmanona munosabatda bo‘lib, ularning reysga chiqishlariga qarshilik ko‘rsatishgan.
Oxir-oqibat, uzoq davom etgan qarama-qarshilikdan keyin barcha yo‘lovchilarga samolyotga chiqishga ruxsat berilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada hozirda yangi koronavirusdan 6 ta kasallanish holati qayd etilgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021