Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston koronavirusdan himoya vositalari sotib olish uchun 3,9 mln dollar ajratdi
Qozog‘iston hukumati koronavirus infeksiyasidan himoya vositalari sotib olish uchun zaxiradan 1,5 mlrd tenge (3,9 mln dollar) ajratdi, deb ma'lum qildi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Berdibek Saparbayev.
"Kecha hukumat rahbari qo‘shimcha himoya vositalari, niqoblar va kerakli ashyolar sotib olish bo‘yicha topshiriq berdi. Uning farmoniga muvofiq, hukumat zaxirasidan qo‘shimcha 1,5 milliard tenge ajratildi. Bundan tashqari, zaxiralarimiz bor. Agarda kasallik tarqalib, aholiga tibbiy yordam zarur bo‘lsa, bizda barcha imkoniyatlar – vositalar ham, mablag‘ ham bor", - dedi u.
O‘zbekistonda ham mamlakatda koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida Xitoydan kelgan O‘zbekiston fuqarolari tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilayotgani ma'lum qilindi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda tarqalayotgan koronavirusni yuqtirish oqibatida vafot etganlar soni 170 nafardan oshgan. Dunyo bo‘yicha kasallanganlar soni esa 8 mingga yaqinlashmoqda. Bugungi kunda ushbu virusga chalinish holati 16ta davlatda qayd etilgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025