Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlikda gumonlanayotgan 38 kishi shifoxonada qolmoqda
Qozog‘istonda koronavirusga gumon bilan 38 kishi eng yuqori sanitar kuzatuv sharoitida shifoxonalarda qolmoqda.
Bu haqda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov ma'lum qilgan.
“Bizda 54 kishi koronavirus yuqtirganlik gumoni bilan shifoxonalarga joylashtirilgandi. Ularning 16 nafarida tashxis tasdiqlanmagan, ularga salomatliklari yaxshilangach javob berildi. Bugungi kunda qolgan 38 kishi statsionarlar, yuqumli kasalliklar shifoxonalarida eng yuqori sanitar kuzatuv sharoitida qolmoqda”, deb ma'lum qilgan vazir.
“Tashxislash davom etmoqda. Olmaotadagi o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar milliy markazi negizida biotexnologiyalar milliy markazi bilan birgalikda JSST metodikasi bo‘yicha koronavirusning genetik diagnostikasi yo‘lga qo‘yilgan. Tadqiqotlar davom etmoqda. Ularning natijalari bo‘yicha davolashga o‘zgartirish kiritiladi”, deb qo‘shimcha qilgan Birtanov.
29 yanvarda Qozog‘istonning bosh sanitar vrachi Jandarbek Bekshin Xitoydan kelgan 35 kishi shifoxonalarga joylashtirilganini ma'lum qilgan. Yeljan Birtanov mamlakatda koronavirusdan kasallanish holatlari borasida turli mish-mishlarni tarqatmaslikni iltimos qilgan. “Jurnalistlar, blogerlar, fuqarolardan tekshirilmagan axborotni tarqatmaslik va duch kegan odamdan intervyu olmaslik, mish-mishlarga tayanmaslikni, professional bo‘lib qolishni iltimos qilib qolamiz”, deb aytgan Birtanov.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025