Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada koronavirus sababli yarim yilga favqulodda holat joriy etildi
Italiya hukumati koronavirus tarqalishi xavfi oshganligi sababli mamlakatda yarim yil muddatga favqulodda holat joriy etdi. Bu qaror profilaktika tadbirlari tartibida qabul qilindi, deb ma'lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Speransa.
Qayd etilishicha, profilaktika tadbirlari uchun 5 mln yevro ajratilgan.
30 yanvarda Italiyada koronavirusdan kasallanish bilan bog‘liq 2 ta holat tasdiqlandi. Ular xitoylik ikki sayyoh bo‘lib, hozirda ularning qayerlarda bo‘lgani o‘rganilmoqda.
31 yanvardan Italiya Xitoy bilan aviaaloqani to‘xtatishga qaror qildi.
2 fevral kuni Italiyaga Xitoyning Xubey viloyatidan evakuatsiya qilinayotgan fuqarolar keltiriladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni jahon miqyosidagi favqulodda holat deb baholadi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
23:21 / 15.05.2025