Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanma Xitoydan kelgan samolyotni ortiga qaytarib yubordi
Myanma hukumati yo‘lovchilardan biri koronavirusga chalingani gumon qilingani bois Guanchjou shahridan kelgan samolyotni Xitoyga qaytarib yubordi.
Foto : Flickr / beangel
Bu haqda Irrawaddy jurnali yozmoqda.
Ma'lum qilinishicha, China Southern Airlines aviakompaniyasining yo‘nalishdagi samolyoti juma kuni ertalab Yangon aeroportiga kelib qo‘ngan. Yo‘lovchilardan biri, Xitoy fuqarosida shamollash belgilari aniqlanib, u koronavirusga tekshirish uchun kasalxonaga olib ketilgan, qolgan yo‘lovchilarga esa samolyotni tark etish taqiqlangan.
Keyinroq tekshiruvga va 14 kunlik karantinga rozi bo‘lgan bir necha nafar Myanma fuqarosiga samolyotdan tushishiga ruxsat berilgan. Samolyot esa qolgan yo‘lovchilari bilan ortga, Guanchjouga qaytarib yuborilgan.
Mamlakat aeroportlari va chegaralarda Xitoydan kelayotgan barcha shaxslar epidemiologik tekshiruvdan o‘tkazilmoqda, deb yozadi jurnal.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025