O‘zbekiston | 15:42 / 31.01.2020
5342
2 daqiqa o‘qiladi

Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etildi

Agentlik suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga karatilgan loyihalarni aniqlash, ularning yillik, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Xususan, quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:

suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga karatilgan loyihalarni aniqlash, ularning yillik, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

suv xo‘jaligi obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishini va bosh pudrat tashkilotlarini tender savdolari asosida aniqlashni hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirishni nazorat qilish; 

loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring yuritish, shuningdek, buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini ta'minlash, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish,”Suvqurilishinvest” DUKlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda loyihalarni amalga oshirish doirasida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilishga ko‘maklashish.

Hujjat bilan Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining tarkibiga kiruvchi suv xo‘jaligi obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirishda buyurtmachi vazifasini bajaruvchi ”Suvqurilishinvest” davlat unitar korxonalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Agentlik huzurida Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining suv xo‘jaligi bo‘yicha investitsiya loyihalari negizida alohida yuridik shaxslar sifatida:

Jahon banki loyihalarini amalga oshirish guruhi; Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhi; Arab muvofiqlashtirish guruhi loyihalarini amalga oshirish guruhi tashkil etildi.

Mavzuga oid