Jahon | 11:16 / 01.02.2020
21555
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Qirg‘iziston va yana 5ta davlat fuqarolariga viza berishga cheklov kiritdi

Foto: AP Photo / Rich Pedroncelli

AQSh mutasaddi idoralari Qirg‘iziston, Eritreya, Myanma, Nigeriya, Sudan va Tanzaniya davlatlarini fuqarolariga viza berish cheklovlari amal qiluvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda AQSh nashrlari xabar berdi.

Bu cheklovlar sayyohlar va AQShda ishlovchi tadbirkorlarga taalluqli bo‘lmaydi. Ushbu chora AQShda qo‘nim topmoqchi bo‘lgan immigrantlarga qarshi qaratilgan.

AQSh bu choraning kiritilishini ro‘yxatga tushgan davlatlarda xavfsizlikni ta'minlashning uncha yuqori bo‘lmagan standartlari amal qilishi bilan asoslagan.

Mavzuga oid