Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uxandan parvoz qilgan Germaniya samolyotiga Moskvaga qo‘nishga ruxsat berilmadi
Xitoyning Uxan shahridan Germaniya fuqarolarini olib kelayotgan samolyotga Moskvada qo‘nishga ruxsat berilmaganidan so‘ng Xelsinkiga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Bu haqda Helsingin Sanomat gazetasi xabar berdi.
Germaniya Uxandan o‘z fuqarolarini olib chiqib ketishni boshlagan bo‘lib, epidemiya iskanjasida qolgan shaharga maxsus samolyot jo‘natilgandi. Ma'lum qilinishicha, samolyot parvoz rejasiga ko‘ra Kyolndan Uxanga yetib borgan samolyot evakuatsiya qilinayotgan fuqarolarni olib, qaytishda Moskvaga texnik qo‘nishni amalga oshirishi va bu yerda ekipaj a'zolari almashishi kerak bo‘lgan.
"Moskvaga ozgina masofa qolganida Rossiya samolyot qo‘nishiga ruxsat bermadi, u yo‘nalishini Xelsinki-Vantaaga o‘zgartirishga majbur bo‘ldi", - deb yozadi gazeta.
RIA Novostining o‘z manbasiga tayanib xabar qilishicha, Rossiya o‘z fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilayotgan xorijiy davlatlar samolyotlariga RF hududida texnik qo‘nishni amalga oshirishiga ruxsat bermayotganini xabar qildi.
"Rosaviatsiya o‘z fuqarolarini Uxandan olib kelayotgan xorijiy kompaniyalarga RF hududida texnik qo‘nishni amalga oshirishiga ruxsat bermayapti", - degan u.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021