Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy bilan aviaaloqa to‘xtatildi, Xitoydagi fuqarolar O‘zbekistonga qaytariladi
O‘zbekistondan Xitoyga va Xitoydan O‘zbekistonga aviaparvozlar vaqtinchalik to‘xtatildi. O‘zbekiston fuqarolarining Xitoydan evakuatsiya qilinishi uchun charter reyslar tashkillashtiriladi.
O‘zbekiston yangi koronavirus tarqalishi sababli 1 fevraldan Xitoy bilan aviaaloqani to‘xtatdi. Bu haqda O‘zbekiston hukumatidagi manba Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, prezident topshirig‘iga muvofiq, Xitoyda tarqalgan koronavirus O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olish va epidemiya tarqalgan hududdan fuqarolarni vatanga qaytarish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzilgan.
«Topshiriqqa muvofiq, O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi barcha parvozlar vaqtincha to‘xtatildi.
Ayni paytda tez kunlarda Xitoyda qolayotgan vatandoshlarni yurtimizga qaytarish uchun choralar ko‘rilmoqda. Buning uchun maxsus charter reys qo‘yiladi», deydi manba.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi aviareyslar vaqtincha to‘xtatilgani haqida Xitoy tomonini ogohlantirish vazifasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklangan.
Avvalroq O‘zbekiston hukumati Xitoyga safarlarni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida topshiriq bergani, Davlat turizm qo‘mitasi turoperatorlarga Xitoyga turlarni sotishni to‘xtatib turishni tavsiya qilgani ma'lum qilingandi.
29 yanvarda Xitoyning koronavirus tarqalgan murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba mavjudligi, ular bilan O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi, Bosh konsulxonasi xizmati xodimlari hamda universitet ma'murlari doimiy muloqot olib borayotgani ma'lum qilingandi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda virus qurbonlari soni 259 nafarga yetdi, u 11791 odamda aniqlangan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
20:52 / 03.12.2021
Qozog‘iston “omikron” shtammi sababli Misrga parvozlarni to‘xtatdi
23:29 / 03.07.2021