Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy koronavirusga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi
Xitoy hukumati koronavirusga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi barcha davlatlardan yordam so‘radi.
Xitoy koronavirusga qarshi kurashish uchun dori-darmon vositalari yetkazilishida yordam berishni so‘ragan. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyenga shunday iltimos bilan Xitoy davlat kengashi raisi Li Ketsyan murojaat qilgan.
Bundan tashqari, Xitoy tashqi ishlar vazirligida AQShda koronavirus sababli favqulodda holat kiritilishi va oxirgi 14 kun Xitoyda bo‘lgan xorijliklarga mamlakatga kirish taqiqlanishi hamda Xitoyning xavf darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritilishi keskin tanqid qilingan.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, AQShda Xitoydan qaytuvchi amerikaliklar tekshiruvdan o‘tkazilib, 14 kunlik karantinda bo‘ladi. “Bu shubhasiz yaxshi niyatning namoyish qilinishi emas”, deb aytgan Xitoy tomoni.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
18:42 / 26.05.2025