Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yilning eng yaxshi adliya xodimi» va «Yilning eng yaxshi adliya bo‘limi» respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Yilning eng yaxshi adliya xodimi” hamda “Yilning eng yaxshi adliya bo‘limi" respublika ko‘rik-tanlovi o‘z yakuniga yetdi.
Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi adliya xodimi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rinni Toshkent viloyat adliya boshqarmasi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i Umid Olimovich Mirshayev;
2-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi bosh maslahatchisi Isatay Maratovich Aldabergenov;
3-o‘rinni Andijon viloyat adliya boshqarmasi Xuquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i A'zamjon Azimjon o‘g‘li Erkinov qo‘lga kiritdi.
“Yilning eng yaxshi adliya bo‘limi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rinni Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar adliya bo‘limi;
2-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani adliya bo‘limi adliya bo‘limi;
3-o‘rinni Samarqand viloyati Narpay tuman adliya bo‘limi qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid
16:50 / 01.01.2025
Suriya adliya vaziri: Jinoyatga aloqadorlarning barchasi mustaqil sud oldida javob beradi
12:38 / 24.12.2024
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
21:44 / 19.11.2024
Kanadada sobiq adliya vaziriga suiqasdning oldi olindi
22:11 / 19.07.2024