Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Uxanda koronavirusga chalinganlarga mo‘ljallangan ilk shifoxona 10 kun ichida qurildi
Xitoyning Uxan shahrida yangi turdagi koronavirusga chalinganlarni davolash uchun mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona 10 kunda qurib bitkazildi. U bemorlarni 3 fevraldan qabul qila boshlaydi.
AFP / Scanpix / LETA
«Xoshenshan» gospitali ming o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, u yerga 1,4 ming nafar harbiy tibbiyotchi safarbar qilindi.
Shifoxona qurilishi 23 yanvar kechki payt boshlangan va uni 3 fevralgacha qurib bitkazishga va'da berilgandi. Shundan keyin bemorlar uchun yana bitta kattaroq shifoxona qurishga qaror qilingandi.
«Leyshenshan» deb nomlanadigan ikkinchi shifoxonani 6 fevralgacha qurib bitkazish rejalashtirilgan. Uning maydoni 60 ming kvadrat metrni tashkil qiladi va undan 51 ming kvadrat metri bevosita bemorlarni karantin sharoitlarida joylashtirishga mo‘ljallangan. Bu yerda 1600 ta koyka joylashtirish mumkin bo‘ladi. Qolgan 9 ming kvadrat metr maydon esa shifokorlar uchun ajratiladi.
Ikkala shifoxonani ham 2003 yil aprelida atipik zotiljam epidemiyasi vaqtida Pekinda qurilgan «Syaotanshan» shifoxonasi modeli bo‘yicha qurishga qaror qilingandi.
Xitoy raisi Si Tszinpin «Xoshenshan» shifoxonasiga 1,4 ming harbiy tibbiyotchi yuborilishini e'lon qildi. Bu yerda asosan koronavirusga chalingani tasdiqlangan bemorlar joylashtiriladi. Shifoxonada, intensiv davolash, umumiy davolash, og‘ir kasallarga mo‘ljallangan hamda infeksiyani nazorat qilish, diagnostika bo‘limlari joylashadi.
Timelapse video showing the 4th day of constructing Huoshenshan Hospital, a new facility providing 700 to 1,000 beds for #coronavirus patiens in #Wuhan. The hospital is expected to complete on Feb 2. pic.twitter.com/tMdoVXtd1O
— People's Daily, China (@PDChina) January 27, 2020
Bundan tashqari, shifoxonadagi epidemiologik vaziyatni nazorat qilish va uning oldini olishni boshqarish uchun 15 kishidan iborat ekspertlar guruhi tashkil etildi.




















«Xoshenshan»ga yuborilayotgan tibbiyotchilarning aksariyati atipik zotiljam epidemiyasi vaqtida «Syaotanshan» shifoxonasida ishlagan yoki Serra-Leone hamda Liberiyada Ebola bezgagiga qarshi kurashda ishtirok etgan hamda yuqumli kasalliklarni davolashda boy tajribaga ega mutaxassislar hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025