Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi huzurida yangi markaz tashkil etiladi
Quyidagilar aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
birinchidan, bepul yuridik yordamning samarali milliy tizimini yaratish va rivojlantirish;
ikkinchidan, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining malakali yuridik yordam va huquqiy himoyaga bo‘lgan huquqlari kafolatlarini ta'minlash;
uchinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining bepul yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
to‘rtinchidan, bepul yuridik yordam sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish;
beshinchidan, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish vositalari va usullari haqidagi xabardorlik darajasini oshirish.
Adliya vazirligi bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini davlat tomonidan tartibga solish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilanadi.
Adliya vazirligi huzurida Bepul yuridik yordam ko‘rsatish markazi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari tashkil etiladi.
Markazning asosiy maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga fuqarolik, ma'muriy va jinoyat ishlari bo‘yicha davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini boshqarish, muvofiqlashtirish va rivojlantirish hisoblanadi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini tartibga solish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda va qonun hujjatlarini takomillashtirishda ishtirok etish;
fuqarolik, ma'muriy va jinoyat ishlari bo‘yicha davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish yuzasidan advokatlar bilan shartnomalar tuzilishini ta'minlash;
davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini boshqarish va bu borada tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni ta'minlash;
davlat hisobidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam sifatiga oid yagona talablarni ishlab chiqish va belgilash;
davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar tomonidan professional etika qoidalari va yuridik yordam sifatiga o‘rnatilgan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi ishtirokchilari faoliyatini metodik ta'minlash;
davlat hisobidan yuridik yordamni tashkil etish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish.
Fuqarolik, ma'muriy va jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirilishida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ro‘yobga chiqarilishida professional yuridik yordam ko‘rsatishni ta'minlash orqali ko‘maklashish Markaz hududiy bo‘linmalari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari etib belgilanadi.
Belgilab qo‘yilishicha, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:
ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat, fuqarolik va ma'muriy ishlar bo‘yicha davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish faqatgina Markaz tomonidan shartnomaviy-huquqiy asosda advokatlarni jalb etish yo‘li bilan amalga oshiriladi, bunda advokatlar bir advokatning qayta-qayta jalb etilishiga, uchinchi shaxslarning bu jarayonga aralashuviga yo‘l qo‘ymaydigan avtomatik tizim orqali tanlab olinadi;
vakolatli organlar ma'muriy yo‘l bilan ushlangan va jinoyatni sodir etishda gumon qilinib ushlangan shaxslar haqida Markazning tegishli hududiy bo‘linmasiga telefon, faks, elektron pochta yoki maxsus axborot-kommunikatsiya tizimi orqali zudlik bilan xabar berishlari shart. Markazning tegishli hududiy bo‘linmasi ushlangan shaxsga advokat tayinlash choralarini ko‘radi.
Mavzuga oid
11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi
10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi
16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
16:18 / 07.03.2025