Light | 15:54 / 03.02.2020
30141
5 daqiqa o‘qiladi

O‘tmish va bugun yonma-yon: Londondan Kun.uz fotojamlanmasi

Ingliz tilini endi o‘rgana boshlaganlar darsliklardagi dialoglarda bir holatga ko‘p duch keladi: inglizlar uchun ob-havo – favqulodda muhim mavzu.

Ayrim tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, har 10 britaniyalikdan 9 nafardan ko‘prog‘i (94 foizi) oxirgi 6 soat davomida kamida bir marta ob-havo mavzusida gaplashgan bo‘ladi. Boshqa bir ma'lumotga ko‘ra, Buyuk Britaniya aholisining deyarli 70 foizi kuniga hech bo‘lmaganda bir marta kutilayotgan ob-havo ma'lumotiga ko‘z tashlaydi.

2018 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar bundan ham hayratlanarli natijani ko‘rsatgan: o‘rtacha britaniyalik umrining to‘rt yarim oyini ob-havo mavzusida gaplashish bilan o‘tkazadi...

Chetdan qaraganda, g‘ayritabiiy. Ba'zan haqiqatan ham bu mavzuga «mukkasidan ketganliklari»ni (obsessed) inglizlarning o‘zlari ham tan olishadi. Lekin Buyuk Britaniyaga safarimiz davomida bu bejiz emasligini anglab yetdik.

Siz bir necha kunlab quyoshni mutlaqo ko‘rmaslik qanaqa bo‘lishini tasavvur qila olasizmi? O‘sha bir necha kunlik kulrang kechmishdan keyin birdan quyosh charaqlab chiqsa, kayfiyatingiz qanchalar ko‘tarilishini-chi?

Quyida qishning ana shunday kamyob quyoshli kunlaridan birida, tarixiy o‘ziga xosligini saqlab qolgan zamonaviy Londondan Kun.uz obektiviga tushgan suratlar jamlanmasini keltirib o‘tamiz.

London hududi jihatdan Toshkentdan 4,5 barobarga katta. Aholisi 9 milliondan ortiq

Chap tomonlama harakatlanish Buyuk Britaniyadan tashqari Yevropada Irlandiya, Kipr va Maltada saqlanib qolgan. Dunyo bo‘yicha bunday mamlakatlar soni 70dan oshadi.
Britaniya muzeyi. Tashrifchilar soni bo‘yicha dunyoda Luvrdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi
London - aktivlar bo‘yicha jahondagi eng yirik moliya markazi

Tauyer ko‘prigi - Londonning tashrif qog‘ozlaridan
London qal'a minorasi (XI asr)

London taksisi (Hackney carriage)
Yuzlab yillar davomida (1100-1952) qal'adan qamoqxona sifatida foydalanilgan.
Tirbandliklar - shahar hayotining odatiy bir qismi
Oksford-strit
Temza daryosi
Big Benni ta'mirlash ishlari 2017 yilda boshlanib, hamon davom etmoqda
Angliya timsoliga aylanib ulgurgan telefon budkalari shahar markazida har qadamda uchraydi.
Westminster Abbey (Vestminster cherkovi – XIII asr). Britan monarxlariga toj kiydirish marosimi shu yerda o‘tkaziladi
Birlashgan Qirollik Bosh prokuraturasi

Sent-Margaret cherkovi
Parlament maydoni
1640-1660 yillardagi ingliz inqilobi yetakchilaridan biri Oliver Kromvel haykali (Vestminster saroyi). Inqilob natijasida Angliyada mutlaq monarxiya o‘rniga (vaqtincha) burjua respublikasi o‘rnatilgan.
Vestminster-holl

31 yanvar kuni Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etdi. Breksit tarafdorlari buning sharafiga Big Benda bong chalinishini istashdi. Ammo minora jiddiy ta'mirdan chiqarilayotgani sabab, unda ishchilarning eshitish qobiliyatiga ziyon yetkazmaslik maqsadida bong chalinmayapti. Breksit amalga oshgani uchun bir necha martagina bong chaldirish 500 ming funtga tushardi. Jarayon tarafdorlari buning uchun 272 ming funt to‘plashdi, ammo rasmiylar ruxsat bermagach, yig‘ilgan mablag‘ xayriya qilinadigan bo‘ldi.

London Eye – Buyuk Britaniyada turistlardan eng ko‘p daromad keladigan majmua. 135 metrlik charxpalakka har yili 3,75 million kishi chiqadi. Chipta narxi – 25 funtdan boshlanadi.
Vestminster saroyi

Buyuk Britaniya parlamentining har ikkala palatasi shu binoda ish olib boradi.

Trafalgar maydoni
Milliy galereya

Dunyoning ko‘plab megapolislari qatori Londonda ham Chinatown bor.

London ko‘prigi
Shard of Glass (Shisha sinig‘i) – Buyuk Britaniyadagi eng baland bino. 95 qavatli imoratning balandligi 310 metr. 2009-2012 yillarda qurilgan.

Tower Bridge XIX asr oxirida qurilgan. Kemalar o‘tib ketishi uchun kuniga bir martadan ba'zida 6-7 martagacha ochiladi. Ko‘prikdan o‘tmoqchi bo‘lgan kemalar kamida 24 soat oldin ogohlantirishi kerak.

Shahardagi aksariyat ko‘chalar tor, tirbandlik doimiy holga aylangan.

 Suratlar muallifi – Mirvohid Mirrahimov

Mavzuga oid