Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amaldorlarning g‘ayriqonuniy harakatlari natijasida yetkazilgan zarar kimning hisobidan qoplanadi?
Fuqarolik kodeksining 15-moddasiga kiritilgan tuzatishlar javobni o‘z ichiga olgan.
Norma davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararni davlat yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan qoplash majburiyati yuzasidan ko‘rsatma beradi.
Biroq, Norma’ning yozishicha, ayni paytga qadar bunday zarar qoplanadigan manbalar qonun hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmagan edi. Bunday vaziyat umuman kompensatsiya mexanizmining me'yordagi ishini savol ostiga qo‘yib, biznes va jamiyat manfaatlariga javob bermas edi.
Huquqiy bo‘shliqni to‘ldirish, normalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir kuchiga ega bo‘lishi, huquqni qo‘llash amaliyotini to‘g‘rilash uchun Konstitutsiyaviy sud o‘zining qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanib, Parlamentga tegishli tuzatishlarni kiritdi.
Natijada zarar davlat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilandi. Agar organ tugatilgan bo‘lsa yoki uning mablag‘lari yetarli bo‘lmasa yoxud unda budjetdan tashqari mablag‘lar mavjud bo‘lmasa, Davlat budjeti qoplash manbasi bo‘ladi.
Tuzatishlar 23.01.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
22:15 / 12.03.2025
Malibu'dan Tahoe'gacha – amaldorlarning “inomarka”lari qanday avtomobilga almashdi?
16:34 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
13:45 / 07.01.2025
Amaldorlarga xizmat avtomobillari, mebel va ofis jihozlari xaridini kamaytirish buyurildi
17:52 / 04.09.2024