Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Aholi bandligini ta'minlash milliy strategiyasi ishlab chiqiladi
Aholi bandligini ta'minlash milliy strategiyasi hamda Ijtimoiy himoya bo‘yicha milliy strategiya loyihalari ishlab chiqiladi
Joriy yil 3 fevral kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning Xalqaro mehnat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha byurosi direktori Olga Kulayeva rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, unda O‘zbekistonda aholi bandligini ta'minlash, munosib ish joylari va mehnat sharoitlarini yaratish, barcha sohalarda majburiy mehnatning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Xalqaro mehnat tashkiloti delegatsiyasi tomonidan O‘zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish, aholi bandligini ta'minlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlariga barham berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholandi.
Uchrashuvda tomonlar bu boradagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar bandligi darajasini oshirish, Aholi bandligini ta'minlash milliy strategiyasi hamda Ijtimoiy himoya bo‘yicha milliy strategiya loyihalarini, shuningdek, ularni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” loyihasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.
Shuningdek, joriy yilning 5 fevral kuni keng xalqaro hamjamiyat va nufuzli tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan “Islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda munosib mehnat” mavzusida xalqaro davra suhbatiga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi
19:32 / 25.04.2025