Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyodagi ilk xalqaro musiqa yarmarkasi Toshkentda o‘tkaziladi
Yarmarka 4-6 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. «O‘zbekkonsert» bu borada YuNeSKO qoshidagi Xalqaro xalq ijodiyoti tashkiloti bilan kelishuvga erishdi.

7 fevral kuni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov YuNeSKO qoshidagi Xalqaro xalq ijodiyoti tashkilotining Osiyo bo‘yicha bosh sekretari Mun Hyung Suk bilan uchrashdi.
Uchrashuvda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, madaniyat va san'at sohasidagi nufuzli xalqaro festival va tanlovlarda O‘zbekiston ijodkorlarining ishtirokini izchil ta'minlash hamda ularning sara asarlarini namoyish etish, milliy ijodiy mahsulotlarni kengroq targ‘ib qilish kabi masalalar muhokama qilindi.
Muhokamalar natijasida tomonlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumga asosan, Madaniyat vazirligi va «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan shu yilning 4-6 iyun kunlari Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi marotaba xalqaro musiqa yarmarkasini o‘tkazish rejalashtirildi.
«Xalqaro musiqa yarmarkasiga dunyoning eng yaxshi musiqiy prodyuserlari va boshqa mutaxassislarni taklif etish, xalqimizning musiqiy merosi namunalari va san'atimizning nodir durdonalarini namoyish etish kabi bir qator masalalar yuzasidan ham uchrashuvda fikr yuritildi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Mavzuga oid
15:05 / 06.05.2025
Toshkentdagi 21 ta binoni YuNeSKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish taklif etilmoqda
16:49 / 02.04.2025
Saida Mirziyoyeva YuNESKO Bosh konferensiyasi Samarqandda o‘tkazilishini olqishladi
14:46 / 12.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Parijda YuNeSKO bosh direktori bilan uchrashdi
10:54 / 12.03.2025