Jamiyat | 11:00 / 07.02.2020
12369
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«ROZMETOV» kompaniyasidan yangi parhez mahsulotlari

Sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan urf tendensiyalarni o‘zgartiradi. «Mazali» ta'rifi allaqachon «to‘g‘ri ovqatlanish» tushunchasi taraf biroz yon bosdi, shu bilan bir qatorda oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarining ham ustuvorliklari va asosiy e'tiborlarini o‘zgartirdi. Qanday qilib ko‘p sonli «foydali» yorliqlar ichidan sog‘lom turmush tarzi nuqtai nazaridan to‘g‘ri bo‘lgan mahsulotni tanlash mumkin? Quyida ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarning bu boradagi fikrlari bilan tanishish mumkin.

Talablar bo‘yicha test-drayv

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining 50 foizdan ko‘prog‘i turli darajadagi semizlik bilan kasallangan. Va bu shuni anglatadiki, mamlakatimizdagi deyarli har beshinchi voyaga yetgan inson ushbu kasallikdan aziyat chekmoqda. Shifokorlar xavotirda: bu tendensiyani to‘xtatish uchun aholi bilan keng ko‘lamli profilaktika ishlari zarur. Va unga qandaydir ta'sir qilish uchun, O‘zbekiston aholisining ovqatlanish odatlarini tubdan o‘zgartirish lozim.

Shu sababli, oziq-ovqat bilan bog‘liq ko‘plab brendlar tobora sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq yechimlarga murojaat qilmoqdalar. Ehtimol, bu masalada yetakchilar – bu foydaliligi va foydasizligi bilan bog‘liq ko‘plab afsonaviy uydirmalar mavjud bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilaridir.

– Umuman olganda, kolbasa foydali bo‘lishi mumkinmi degan savolga javobni tushunish uchun biz ushbu sohani uzoq vaqt davomida tadqiq qildik, – deydi Rozmetov. – Albatta, mahsulot atrofida ko‘plab stereotiplar mavjud va biz bu yo‘nalishga kirishimiz kerakligini tushunish uchun, chuqur tadqiq qilish va mijozlarimiz orasida mahsulotga bo‘lgan talabni tahlil qilishga 6 oy sarfladik.

Yangi retseptni ishlab chiqib, biz hisob-kitoblarimizni professional shifokorlar fikri bilan taqqoslash va go‘sht mahsulotini haqiqatan ham foydali qilish imkoniyatlari haqida so‘rab bilish uchun mahsulotimizni Toshkent Tibbiyot akademiyasida sinovdan o‘tkazdik.

Guli Shayxova, professor, oziq-ovqat gigiyenasi yetakchi mutaxassisi, nutritsolog:

– Sog‘lom turmush tarzining muhim qismlaridan biri to‘g‘ri, muvozanatli ovqatlanishdir. Toshkent Tibbiyot Institutining Oziq-ovqat gigiyenasi kafedrasi ko‘magida «ROZMETOV» brendi uchun «Diyeticheskiye» (Parhezli) kolbasa va sosiskalarining yangi tarkibi ishlab chiqildi. Bu bizning mamlakatimizda bunday mahsulotning birinchi bor ishlab chiqarilishi. Mahsulot foydaliligining eng muhim ko‘rsatkichi uning tarkibi hisoblanadi: oqsillarga boy - 100 g mahsulot uchun taxminan 21 gramm, zararli bo‘yoqlarsiz va lazzat kuchaytirgichlarsiz, shuningdek tarkibida mikroelementlar va vitaminlar mavjud.

Mahsulot odatiy kolbasa mahsulotlaridan sezilarli darajada farq qiladi. Uning asosiy tarkibi – kurka go‘shti. Bundan tashqari, bu mahsulot liniyasini ishlab chiqarish uchun brend umuman submahsulotlarning qo‘llanishidan voz kechdi.

Go‘sht mahsulotlarining parhez liniyasi korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ida sotuvga qo‘yilgan. Unga qaynatilgan kolbasa, vetchina va sosiska kiradi.

Iste'molchi qanday fikrda?

Toshkentdagi supermarketlar rastalarida «sog‘lom ovqat», «yog‘siz», «glyutensiz va laktozasiz», «parhezli» deb nomlangan mahsulotlarni ko‘p uchratish mumkin. Ularning qaysi biri xaridorlar orasida eng muhim va nima uchun odamlar tobora ko‘proq foydali mahsulotlarni qidirmoqdalar?

– Men shifokorman va ko‘pincha ayrim mahsulotlarning tarkibi meni dahshatga soladi. Shuning uchun men uyda pishirilgan, zararli moddalarsiz, juda oddiy yemishlarni afzal ko‘raman. Ammo, biz XXI asrda yashaymiz, bizda juda katta mahsulotlar tanlovi mavjud va bu xilma-xillik orasida siz biron-bir narsani tanlashingiz lozim. Odatda men mahsulot tarkibini diqqat bilan o‘qib chiqaman, keyin ko‘rsatilgan miqdordagi kaloriyalarni tahlil qilaman. Agar oqsillar, yog‘lar va uglevodlar balansi meni qoniqtirsa – bu mahsulot doimo mening savatimda bo‘ladi. Parhezli kolbasa bu yangicha mahsulot, men buni mahalliy ishlab chiqaruvchilar orasida hali uchratmaganman. Ammo, masalan, Moskvada do‘konlar rastalarida «to‘g‘ri oziq-ovqat» mahsulotlarining butun bo‘limlari mavjud bo‘lib, hatto past kaloriyali burgerlar va parhezli tortlar ham mavjud. «ROZMETOV» – farzandlarim iste'mol qilishlariga men ruxsat bergan yagona kolbasadir, biz doimo vetchina va sutli kolbasani iste'mol qilamiz. Tatib ko‘ramiz va yangi parhezli liniya haqiqatdan ham shundayligini tekshirgan holda, albatta sinab ko‘ramiz, – Zuhra Ahmedova, umumiy amaliyot shifokori.

Instagram: @rozmetov.uz

Facebook: fb.com/rozmetov.uz

Telegram: t.me/rozmetov_official

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid