O‘zbekiston | 13:21 / 08.02.2020
27884
1 daqiqa o‘qiladi

1-sinf o‘quvchilari fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta'tilga chiqadi 

Ta'til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi har bir maktab ma'muriyati tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida 1-sinf o‘quvchilariga qo‘shimcha ta'til belgilanishi nazarda tutilgan. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Nizomga ko‘ra, 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta'til belgilanadi.

Ta'til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi har bir maktab ma'muriyati tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid