Sport | 17:03 / 08.02.2020
66994
1 daqiqa o‘qiladi

Ravshan Ermatov vazir o‘rinbosari bo‘ldi

Foto: Tribuna.uz

O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekiston sport vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Bugun Ermatov mamlakat sport vaziri Dilmurod Nabiyevning birinchi o‘rinbosari sifatida tanishtirilgan. Bu lavozimda hozirgacha Oybek Qosimov faoliyat olib borayotgandi.

Ravshan Ermatov parallel tarzda O‘FA vitse-prezidenti sifatidagi faoliyatini ham davom ettiradi. Ermatov 2019 yil 14 iyundan buyon O‘FA vitse-prezidenti lavozimida ishlab keladi. O‘tgan yil 27 noyabrda OFKda maxsus tadbir o‘tkazilgan va unda Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunlagani e'lon qilingandi.

Mavzuga oid