Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti o‘z o‘g‘lini yangi vazirlikka rahbar etib tayinladi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 7 fevralda o‘z farmoni bilan o‘g‘li Sardor Berdimuhamedovni yangi tashkil etilgan sanoat va qurilish ishlab chiqarishi vazirligiga rahbar etib tayinladi.
Turkmaniston prezidenti shu farmoni bilan o‘g‘lini 2019 yil iyundan beri egallab kelgan Axal viloyati hokimi lavozimidan ozod etgan.
Berdimuhamedov o‘z farmoni bilan Turkmaniston sanoat va kommunikatsiyalar va uning agentligi Turkmensenagat’ni tugatib, ular negizida sanoat va qurilish ishlab chiqarishi vazirligini tashkil etgan.
Aytish joiz, 38 yoshli Sardor rahbarligida Axal viloyati Turkmanistonning birinchi raqamli viloyatiga aylangan hamda 2019 yilda paxta terimi bo‘yicha rejani birinchi bo‘lib bajargan.
Bungacha u viloyat hokimi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimlarini egallagan.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025