Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuzatish: Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarning haqiqiy soni 80 marta ko‘pligi haqida feyk xabar tarqatildi
OAVda Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarning haqiqiy soni rasmiy ma'lumotlardagidan 80 marta ko‘proqni tashkil qilishi mumkinligi haqida soxta xabar tarqaldi.
2 fevral kuni internetda go‘yoki Xitoydagi Tencent kompaniyasi saytida koronavirus bilan bog‘liq karaxt qiluvchi raqamlar e'lon qilib yuborilgani, unga ko‘ra 1 fevral kuniga kelib virusdan 154 ming kishi kasallangani, 24,5 ming kishi vafot etgani, ya'ni qurbonlar soni rasmiy statistikada ko‘rsatilayotgandan 80 marta ko‘proqligi haqida xato ma'lumot tarqatildi.
Bunga asos sifatida go‘yoki saytdan olingan skrinshotlar keltirildi. Ammo ma'lum bo‘lishicha, bu skrinshot fotoshop mahsuli bo‘lib, Tencent kompaniyasida aslida bunday ma'lumotlar tarqatilmagan.
So‘nggi rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan 636 kishi vafot etgan, 31161 kishi virusni yuqtirib olgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025