Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy aviakompaniyalari xorijlik uchuvchilarni ommaviy tarzda ishdan bo‘shatishni boshladi
China Southern Airlines, Xiamen Airlines, Hainan Airlines, Tianjin Airlines va Beijing Capital Airlines kabi aviakompaniyalar xorijlik uchuvchilar bilan shartnomalarni bekor qilishga qaror qilgan.
Xitoydagi bir nechta yirik aviatashuvchilar xorijlik uchuvchilarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatishni boshladi, deb xabar bermoqda South China Morning Post.
RBK manbalaridan birining so‘zlariga ko‘ra, uchuvchilarni ishdan bo‘shatishmayapti, balki «maosh to‘lanmaydigan ta'tilga chiqarishmoqda».
Gazetaning yozishicha, China Southern Airlines, Xiamen Airlines, Hainan Airlines, Tianjin Airlines va Beijing Capital Airlines kabi aviakompaniyalar xorijlik uchuvchilar bilan shartnomalarni bekor qilishga qaror qilgan. Xabarda aytilishicha, uchuvchilarga ishdan ketish yoki oylik maosh sezilarli darajada kamaygan holda ishlash taklif qilinmoqda.
Nashr mazkur vaziyatni koronavirus tarqalishi bilan izohlamoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, 23 yanvargacha mamlakatda aviatashuvlar bozori o‘sib borgan bo‘lsa, endilikda vaziyat kundan-kunga yomonlashib bormoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusning yangi turi tufayli kelib chiqqan zotiljamdan vafot etganlar soni 722 nafarga yetdi, 34 546 kishida kasallanish holati qayd etildi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025