Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyadagi kuchli yomg‘irlar 2 oydan ko‘proq davom etgan yong‘inlarni o‘chirdi
Avstraliyaning o‘rmon yong‘inlaridan aziyat chekayotgan Yangi Janubiy Uels shtatiga kuchli dovul yopirilib, u olib kelgan yomg‘irlar shtat hududida 74 kundan beri davom etayotgan yong‘inlarni o‘chirdi.
Bu haqda 7news mahalliy kanali xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, yomon ob-havo oqibatida 100 mingdan ko‘proq odam, jumladan Sidney aholisi elektr ta'minotisiz qolgan. Ba'zi hududlarda toshqin yuz berishi xavfi sababli evakuatsiya e'lon qilingan.
Ayni vaqtda dovuldan 6 kishi jabrlangani ma'lum qilingan. Ta'kidlanishicha, dovul vaqtida Sidney sohillari yaqinida balandligi 14 metrgacha yetgan to‘lqinlar kuzatilgan.
Mavzuga oid
19:53 / 21.05.2025
2024 yilda dunyo bo‘ylab o‘rmonlar rekord darajada yo‘q qilindi
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025