Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YPX inspektori fuqarodan pora olgan vaqtida ushlandi
Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus divizioni YPX inspektori fuqarodan pora olgan vaqtida ushlandi
Joriy yilning 6 fevral kuni fuqaro U.A.ning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qilgan murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, uning davomida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus divizioni YPX inspektori A.B. o‘zining boshqaruvidagi xizmat avtomashinasi bilan sodir etgan qoidabuzarligini jarimasini to‘lash uchun fuqaro U.A.dan transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan “Matiz” rusumli transport vositasini chiqarib berish maqsadida tamagirlik yo‘li bilan 220 000 so‘m pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan YPX inspektori A.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo‘rlikda ayblanmoqda
10:53 / 22.04.2025