Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida MAN yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib yubordi
Sergeli tumani THAY-Binokor ko‘chalari kesishgan chorrahada inson o‘limi bilan tugagan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi
Joriy yilning 6 fevral kuni soat 12:30larda, Sergeli tumani THAY-Binokor ko‘chalari kesishgan chorrahada fojiali YTH sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, osiyo millatiga mansub, yoshi taxminan 50-60lar atrofidagi, shaxsi noma'lum erkak kishi yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida, haydovchi J.V. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk transport vositasida piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida piyoda tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
“Hurmatli harakat ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanayotganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi
10:02 / 10.04.2025
Toshkentda yong‘in chiqqan uyda ikki yigit pichoqlangani ma’lum bo‘ldi
10:51 / 08.04.2025
Sergelidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
22:38 / 23.03.2025