Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish vazirligi raqamlashadi: 60dan ortiq bosh plan bilan onlayn tanishish imkoni paydo bo‘ladi
Qurilish vazirligida joriy etilayotgan yangi elektron tizimda respublika bo‘yicha 60dan ortiq hududning bosh plani bilan tanishish mumkin bo‘ladi. Bu tadbirkorlar, oddiy fuqarolar va loyiha institutlariga qo‘l keladi.
Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatovning bildirishicha, vazirlik tizimidagi barcha sohalar raqamlashmoqda. Uning doirasida 60dan ortiq hududning bosh planini o‘z ichiga olgan «Geoaxborot» tizimi ish boshlaydi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan tadbirda ma'lum qilindi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
«Qurilish vazirligi har bir yo‘nalishini raqamlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. “Geoaxborot” tizimi boshlagan ishimizning birinchisi bo‘lib, unda O‘zbekiston xaritasi aks etadi. Xaritada 60dan ortiq shahar bosh rejalarining elektron namunasi joylanadi. Bu keng qamrovli raqamlashtirish ishlarini boshlashga turtki beradi. Barcha ma'lumotlar ochiq bo‘ladi.
Bu tizim orqali ham xalqimiz, ham xorijlik investor yoki tadbirkor kelajakda O‘zbekistonning qayerida nima qurilishiga doir axborotni ola biladi. Bu loyiha institutlariga ham qo‘l keladi. Masalan, investor o‘zi barpo qilmoqchi bino uchun yerni tanlab, uni xarid qilgach, loyiha institutining ovoragarchiliklarining oldi olinadi, ortiqcha vaqt sarflanmaydi», - dedi Qurilish vaziri birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov.
Mavzuga oid
10:55 / 15.03.2025
Qurilish vazirligi huzurida "Issiqlikta’minoti" AJ tashkil etiladi
10:41 / 21.02.2025
Anhor va Navro‘z bog‘lari qayta qurilmaydi - Qurilish vazirligi
18:44 / 24.12.2024
Qurilish vazirligiga shaharsozlik normalariga zid hujjatlarni bekor qilish vakolati berildi
18:00 / 17.07.2024