Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon muloqotida Rossiyaga davlat tashrifini muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
«Suhbatda davlat rahbarlari ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi jadal rivojlanib borayotgani hamda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
2019 yilda o‘zaro hamkorlikda salmoqli amaliy natijalarga erishilgani va barcha darajalardagi muloqotlar sezilarli faollashgani alohida qayd etildi.
Xususan, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi yuqori sur'atlar bilan barqaror oshib bormoqda. Bir yilning o‘zida 500 qo‘shma korxona tashkil etildi, Rossiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida ustuvor investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ta'lim va madaniy-gumanitar sohalardagi almashinuvlar kengaymoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Muloqot chog‘ida oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi kun tartibini tayyorlash, jumladan, tashrif doirasida navbatdagi hududlar va rektorlar anjumanlarini, media-forum va boshqa tadbirlarni o‘tkazishga alohida e'tibor qaratilgan.
O‘zbkekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi yilida O‘zbekiston va Rossiya hamkorligining istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5 fevralida O‘zbekiston prezidentining Moskvaga tashrifi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Ammo keyinroq bu tashrif noma'lum muddatga qoldirilgandi.
Mavzuga oid
17:53 / 23.11.2024
AQSh razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
16:33 / 23.11.2024
Merkel: Menda hech qachon Putin bo‘yicha illyuziyalar bo‘lmagan
12:21 / 23.11.2024
Putin: Rossiya jangda «Oreshnik» raketasini sinovdan o‘tkazishda davom etadi
23:44 / 22.11.2024