Jamiyat | 16:18 / 12.02.2020
12252
3 daqiqa o‘qiladi

Tengqurlari bilan maktabga chiqishni orzu qilayotgan bolajon – farg‘onalik Behruzbekka yordam zarur

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Oltiariq ko‘chasi 5-uyda yashovchi Qodirova O‘g‘iloy tahririyatimizga murojaat qilib, 10 yoshli farzandi Behruzbekning jarrohlik operatsiyasi uchun xayriya aksiyasi uyushtirishga ko‘mak berishimizni iltimos qildi.

Oltiariq tumaniga borib, oilaning yashash sharoiti bilan tanishdik.

2010 yil sentabr oyida dunyoga kelgan Behruzbekka tug‘ilganidayoq shifokorlar tomonidan yurak nuqsoni (porogi) tashxisi qo‘yilgan.

Diagnoz: Tetrada fallo. Ko‘k turi. Yurak yetishmovchiligi.

Oradan 7 yil o‘tgach, Behruzbek yengil operatsiyani boshidan o‘tkazdi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Lekin bolajon to‘liq tuzalib ketmadi. U ko‘p yura olmasligi va charchab holdan toyishi sababli, tengdoshlari qatori maktabga ham bora olmaydi. Behruzbek ayni paytda uy maktabida tahsil olmoqda. Endi Behruzni ikkinchi operatsiya kutmoqda.

«Turmush o‘rtog‘imni kunlik ishlab (mavsumiy ishchi) topgan puli ro‘zg‘ordan oshmayapti. Behruzbek kundan kun o‘syapti, yurgani esa qiynalyapti. Dekabr oyida ikkinchi operatsiya qilinishi kerak edi. Mablag‘imiz yo‘qligi uchun olib bora olmadik.

O‘g‘lim o‘rtoqlari bilan o‘ynashni, velosiped haydashni, maktabga borishni xohlaydi. O‘zi matematika fanini yaxshi o‘zlashtiradi. O‘qituvchilari dars o‘tgani kelganida quvonib ketadi», – deydi onasi O‘g‘iloy opa.

Oila oziq-ovqat va dori-darmon uchun oyiga bir million pul sarflaydi. Kutilayotgan jarrohlik operatsiyasi uchun esa 40 million so‘m zarur.

Bemor bola oilada ikkinchi farzand. Akasi Sohibjon esa 6-sinfda o‘qiydi.

Qalbida umid va ishonch bilan: «Katta bo‘lsam, askar bo‘laman, yurtimizni himoya qilaman», – deydi Behruzbek.

Savob istagan insonlardan Behruzbekni tengdoshlari qatoriga qo‘shish uchun hissa qo‘shishni so‘raymiz. Saxovatpesha insonlar bu maqolamizni bee'tibor qoldirmaydilar, degan umiddamiz. Zero ehson – eng ezgu amallardan biri.

Qodirova O‘g‘iloy (onasi) nomiga ochilgan karta:

Click/PayMe: 8600  0424  4733  6727 (Agrobank)

MFO: 00502

INN: 200175853

Naqd pul topshirganda: 23116000400000502001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000900000502001

Sarvarbek Nazarov tayyorladi

Mavzuga oid