Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Idlibga qo‘shimcha kuch jo‘natishda davom etadi
Turkiya hukumati Suriyaning Idlib viloyatiga bu hududda o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga amal qilinishini ta'minlash uchun qo‘shimcha harbiy jo‘natadi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akar ma'lum qilgan.
«Biz o‘t ochishni to‘xtatish sulhiga rioya etilishini ta'minlash va unga doimo amal qilinishi uchun qo‘shimcha harbiylar jo‘natmoqdamiz. Biz hududni nazorat qilamiz», — deya uning so‘zlarini keltirmoqda Anadolu.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga amal qilmaydiganlarga qarshi barcha choralarni ko‘radi, jumladan, harbiy kuchlarni ham qo‘llaydi.
Avvalroq Pentagon Suriyaning Idlib viloyatida turkiyalik harbiylarga razvedka ma'lumotlari va harbiy anjomlarni yetkazib berish borasida yordam ko‘rsatishga tayyorligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025