O‘zbekiston | 15:24 / 13.02.2020
25934
2 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways 15 yil ichida birinchi marta yangi formani taqdim etdi

Uzbekistan Airways 2020 yil 14 fevraldan boshlab yo‘lovchilar diqqatiga uchuvchilar va bortkuzatuvchilarning yangi formasini taqdim etadi

Foto: Uzbekistan Airways

Samolyot ekipaji qiyofasida keskin o‘zgarishlar 15 yil ichida birinchi marta sodir bo‘ldi. Kiyimlardagi asosiy rang quyuq akvamarin va terrakota ranglaridir. Qizlar uchun ikki xil rangli yangi to‘plam taqdim etilgan. Pidjakning astarlari terrakota rangida bo‘lib, logotip tasviri tushirilgan. Aksessuarlar sifatida bosh kiyim, matoli va charm qo‘lqoplar, soch turmagi yaratish uchun matoli elastik tasmasi va ikki xil rangdagi bo‘yin sharflari kiritilgan. Bezaklar sharqona uslubda yaratilgan. Qishki yomg‘irpo‘sh-paltosi yechib olinadigan izolyatsiyalangan astarga ega.

Erkak-bortkuzatuvchi xodimlari uchun to‘plam quyuq kulrang rangdagi uch qismli kostyum ko‘rinishida, quyuq akvamarin bezaklari bilan taqdim etiladi. Bosh kiyim to‘q kul rangda kumush bezak bilan bezatilgan.

Uchuvchilar uchun kostyumlar oldingi rangida qoldirilgan. Brendli tugmalar va eksklyuziv galstuklar yaratildi.

Mato turli iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda tanlangan.

Qayd etilishicha, loyihada mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etishgan. Matolarni tanlash va asosiy to‘plamning birinchi partiyasini tikish Turkiyaning Dress Best Uniforms kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi, ular Turkish Airlines (partial), Fly Dubai, Albaniya Airlines, Flyas aviakompaniyalari bilan ish olib borishgan.

Mavzuga oid