O‘zbekiston maxsus kuchlari Dubaydagi xalqaro musobaqada munosib ishtirok etdi

Foto: russianemirates.com
O‘zbekiston ichki ishlar maxsus kuchlari jamoasi Dubayda o‘tgan musobaqaning oxirgi kunida yetakchilik qildi.
O‘zbekiston jamoasi 13 fevralda yakunlangan UAE SWAT Challenge 2020 musobaqasining oxirgi kuni natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni egalladi. Jamoa to‘siqlar polosasini hammadan tezroq o‘tib, Rosgvardiyaning “Vityaz” jangchilari va Checheniston Respublikasi Rossiya maxsus xizmatlari universiteti jamoasini (RUS) ortda qoldirdi. Barcha uch jamoa mukofot pullari bilan taqdirlandi.
Dubaydagi chempionatga muntazam ravishda homiylik qiluvchi INKAS Armored Vehicles kompaniyasi egasi, o‘zbekistonlik Ulug‘bekxon Maqsumov o‘z intervyusida O‘zbekiston jamoasi musobaqaning so‘nggi kunini chiroyli va munosib yakunlagani hamda eng nufuzli yo‘nalish – to‘siqlar polosasini o‘tishda eng yuqori o‘rinni egallaganini qayd qilib o‘tgan.
“Men o‘zbekistonlik bo‘lsam-da, bugun qardosh respublikalar – Rossiya, Afg‘oniston, Belarus va Qirg‘izistondan kelgan yigitlarimizni ham qo‘llab-quvvatlab turdim. Haqiqiy janglarni sport musobaqalari bilan taqqoslab bo‘lmaydi, biroq men bugungi g‘oliblarimiz osoyishta hayotimizni, oilalarimiz tinchligini qo‘lda qurol bilan himoya qilishlarini har doim yodda tutaman”, deb aytgan Maqsumov.
30 davlatdan 54 ta jamoa ishtirok etgan musobaqa Dubaydagi Al Ruwayaa Training City maxsus kampusi hududida 9-13 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan.
Umumiy hisobda yuqori o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan:
1-o‘rin – Dubay politsiyasi
2-o‘rin – Rossiyaning “Vityaz” jamoasi
3-o‘rin – Belarusning SOBR jamoasi
4-o‘rin – RUS (Checheniston)
Shuningdek, Belarusning “A guruhi” jamoasi 12-o‘rinni, O‘zbekiston jamoasi 15-o‘rinni, Armanistonning “Alfa”si 28-o‘rinni, Qirg‘izistonning “A maxsus kuchlari otryadi” 41-o‘rinni egallagan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
Mavzuga oid

00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi

14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin

11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi

11:18 / 25.02.2025