Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Rossiyaning Fransiyadagi saylovlarga aralashishi kutilayotganini aytdi
Makronning izohlashicha, bunday faoliyat "kutilmaganda bir lahza ichida to‘xtatilmaydi". Uning so‘zlariga ko‘ra, shu bois Rossiya "G‘arb demokratiyasini izdan chiqarishga urinishda" davom etadi.
Rossiya tomoni Fransiyadagi saylovlarga ta'sir ko‘rsatishga urinishdan voz kechmaydi, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.
"Rossiya tajovuzkorona harakat qilmoqda. Bu yaqin oylar va yillarda davom etaveradi deb o‘ylayman", - dedi u Myunxenda xavfsizlik bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiyada.
Makronning izohlashicha, bunday faoliyat "kutilmaganda bir lahza ichida to‘xtatilmaydi". Uning so‘zlariga ko‘ra, shu bois Rossiya "G‘arb demokratiyasini izdan chiqarishga urinishda" davom etadi.
Uning fikricha, Rossiya Xitoy bilan mustahkam ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnata olmaydi, chunki unga Yevropada hamkorlar kerak. Makron Xitoy odatda boshqa davlatlar bilan yaqin ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Pekin bilan o‘ta yaqinlashishdan ehtiyot bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025