Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron klublari bilan 18-o‘yin: «Paxtakor» ketma-ket ikkinchi g‘alabaga erisha oladimi?
Ertaga, 17 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 16:00da «Paxtakor» OChL 2-turida Eronning «Shahri Xudrav» klubini qabul qiladi. Birinchi turda «Shabob Al Ahli»ni mag‘lub etgan Arveladze jamoasi ketma-ket ikkinchi marta o‘z maydonida o‘ynaydi
«Paxtakor» Eron klublari bilan tez-tez to‘qnashib turadi. «Sherlar» OChL doirasida shu vaqtgacha Eron klublari bilan 17 marta to‘qnash kelgan. Ularning 11 tasida «Paxtakor» g‘alaba qozongan, 4 marta mag‘lub bo‘lgan va 2 marta durang natija qayd etilgan. Jumladan o‘tgan mavsumda ham «Paxtakor» OChL finalchisi «Persepolis» bilan 2 marta to‘qnash kelib Tehronda durang o‘ynagan va Toshkentda g‘alaba qozongandi.
«Paxtakor» bugun «Shahri Xudrav» bilan o‘yin oldidan oxirgi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Mashg‘ulotning OAV uchun ochiq qismida Tribuna.uz muxbiri qatnashdi. Quyida mashg‘ulot jarayonidan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.
























Muhammadjon G‘aniyev olgan suratlar
Mavzuga oid
14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi
13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi
23:19 / 04.03.2025